Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati F.Ibragimov tomonidan o‘ziga biriktirilgan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbalarini yaratish hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
📊 CHINOZ TUMANIDAGI MAVJUD HOLAT:
👨👩👧👦 Jami oilalar — 43 041 ta
📌 Kambag‘al oilalar — 753 ta
🏠 Davlat ta’minotidagi oilalar — 575 ta
📍 Kambag‘allik chegarasidagi oilalar — 272 ta
Mazkur ko‘rsatkichlar asosida hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, oilalarning daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash va ularni doimiy daromad manbalariga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📝 Shuningdek, o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori asosida hududlarni yangicha yondashuvlar orqali rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.
📈 2026-yil uchun Chinoz tumanida jami 28 101 nafar aholini bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan.
Jumladan:
🔹 Doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish — 4 039 ta;
🔹 “Loyihaviy yondashuv” va infratuzilma loyihalari orqali — 18 743 ta;
🔹 Ish o‘rinlarini “soya”dan chiqarish hisobiga — 5 319 ta.
📌 O‘rganish yakunida mavjud holat, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar va ularning ijrosi yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.
🤝 Aholi bandligini ta’minlash, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.
📍 Deputat tomonidan biriktirilgan tashkilot faoliyati yuzasidan aniqlangan masalalar kelgusida deputatlik nazorati asosida o‘rganib borilishi belgilandi.