Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Abduvohid Turdiboyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF-193-son Farmoniga muvofiq Chinoz tumanida barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishildi.
🔎 O‘rganish davomida shtab zimmasiga yuklatilgan vazifalar, hududlarda bandlikni ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish hamda aholining doimiy daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📊 Deputatlik nazorati davomida shtab faoliyatining amaliy samaradorligi, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda ehtiyojmand oilalar va ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholining bandligini ta’minlash, yangi va barqaror daromad manbalarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Xalq manfaatlari — deputatlik nazoratining doimiy e’tiborida!