Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiyadan oldin o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 MAHALLADA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH VA EHTIYOJMAND OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
янв.21
📌 Chinoz tumanida barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Chinoz tumanida ochiq muloqot: Aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda.
янв.21
Sutbuloq mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston” qiyofasini shakllantirish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
MAHALLA MUAMMOLARINI HAL ETISHDA HAMKORLIK VA HAMJIHATLIK MUHIM
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
Bank xizmatlari sifati va imtiyozli kreditlar ijrosi deputatlar nazoratida: "Mikrokreditbank"da o‘rganish tadbiri olib borildi



Aholi va tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikka ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning manzilliligini ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, 14-“Bog‘zor” saylov okrugi deputati O.Sharofutdinova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Mikrokreditbank” ATB Surxondaryo viloyati Termiz Bank xizmatlari ofisida (BXO) bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “Eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-son Qonuni talablari asosida tashkil etildi.

O‘rganishlar davomida "Mikrokreditbank" tomonidan kichik biznes, xususiy va yakka tartibdagi tadbirkorlik hamda kasanachilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi:

Zamonaviy xizmatlar: Bank xizmatlari ofisida 32 nafar malakali xodim fuqarolarga qulay va tezkor bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda;

Jami ajratilgan kreditlar: Yilning dastlabki 7 oyi davomida 496 ta yuridik va jismoniy shaxslarga 48,0 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan;

Oilaviy tadbirkorlikka ko‘mak: Davlat dasturi doirasida shahardagi biriktirilgan 14 ta mahallaga Hokim yordamchilari tavsiyasi asosida 286 nafar fuqaroga 5,9 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar yo‘naltirildi;

Aholi bandligi: Ushbu mikrokreditlar evaziga 286 nafar fuqaro doimiy daromad manbayi va bandlik bilan ta’minlandi.

Tashrif yakunida bank xizmatlari sifatini yanada oshirish, ajratilayotgan kreditlarning samarasini joylarga chiqqan holda doimiy monitoring qilib borish hamda aholi murojaatlarini tezkor hal etish yuzasidan tegishli deputatlik tavsiyalari berildi.

Tadbirkorlikka ko‘mak va aholi bandligi — deputatlik nazoratining doimiy e’tiborida!