35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_nazorati Xo'ja MFYdagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holati o'rganildi
янв.21
#Chinoz tumani KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Hokim yordamchilari faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
✅ Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
✅ Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holat o'rganildi.
янв.21
#Chinoz_tumani
янв.21
#Chinoz_tumani
янв.21
#Chinoz_tumani DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI!
“Kalvak guzari” mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qahharova tomonidan “Kalvak guzari” MFY yoshlar yetakchisi A.Tojinazarovning O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan qonun talablari ijrosini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, mahalladagi 9 nafar og‘ir toifadagi yosh bepul kasb-hunarga o‘qitish kurslariga jalb etilgani, 5 nafar yoshning bandligi ta’minlangani hamda 2 nafar yoshning kontrakt to‘lovlari to‘lab berilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, mahallaning 27 nafar yoshlar turli sport musobaqalarida faol ishtirok etib, 1- va 2-o‘rinlarni egallagani qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2