35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Chinoz_tumani DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI!


O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, Xalq deputatlari tuman Kengashiga 18-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Turdiboyev Abduvohid To'xtaboyevich 2026-yilning II choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilar oldida o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.

🤝 Uchrashuvda:
🔹 tuman hokimligining mas'ul xodimi D.G'ulomov
🔹 "Mahalla yettiligi" a'zolari;
🔹 tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari;
🔹 "Birlik", "Sutbuloq" mahalla yettiligi hamda fuqarolari ishtirok etdilar.

Deputat A.Turdiboyev kun tartibidagi masalalarning mazmuni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

✅ mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar;
✅ aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qonunlar, Prezident Farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati;
✅ "Kuchli Kengash, tashabbuskor va hisobdor hokim" tamoyili asosida vakillik organlari hamda ijro hokimiyatining hamkorlikdagi faoliyati haqida batafsil ma'lumot berdi.

📊 Shuningdek,
🔸 tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi;
🔸 aholi muammolarini hal etishda deputatlarning o‘rni;
🔸 Kengash qarorlari asosida tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar;
🔸 "Og‘ir toifadagi mahallalar" hamda "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar"da olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan ham ma'lumot berildi.

👤 Deputat Abduvohid Turdiboyev axborotida quyidagilar o'z aksini topgan:

📌 tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ijrosini taʼminlash;
📌 Mansabdor shaxslarning hisoboti va axborotlari eshitilganligi;
📌 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik soʻrovlari;
📌 fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar;
📌 ularni ijobiy hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
📌 yuborilgan deputatlik so‘rovlari;
📌 erishilgan natijalar;
📌 hamda kelgusidagi ustuvor rejalari haqida saylovchilarga batafsil ma'lumot berdi.

✍️ Tadbir davomida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berildi hamda bildirilgan takliflar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Slide 1 of 5