35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Hokim yordamchilari faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 14-Mevazor saylov okrugidan saylangan deputat N.Abdukadirovaga biriktirilgan Kengash kotibiyati mudiri A.Baxramov tomonidan Do'stlik mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchi faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida hokim yordamchisi faoliyatining quyidagi yo‘nalishlari tahlil qilindi:

🔻 Mahalladagi ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan "yo‘l xaritalari" ijrosi;
🔻 Aholining bandligini ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar;
🔻 Fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va boshqa davlat dasturlari imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan amaliy yordam;
🔻 Tomorqa va dehqonchilik imkoniyatlaridan samarali foydalanish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda daromadli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;


📊 O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi bilan manzilli ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3