35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_nazorati Xo'ja MFYdagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holati o'rganildi
янв.21
#Chinoz tumani KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Hokim yordamchilari faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
✅ Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
✅ Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holat o'rganildi.
янв.21
#Chinoz_tumani
янв.21
#Chinoz_tumani
янв.21
#Chinoz_tumani DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI!
Zulfiya Mo‘minova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Zulfiya Mo‘minova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 42-“Navqiron” saylov okrugi deputati Zulfiya Mo‘minova saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Yig‘ilishda Yangihayot tumani hokimligi mas’ul xodimlari, tuman Kengashi kotibiyati vakillari, mahalla raislari, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

🗣 Hisobotda qayd etilishicha, 2026-yilning birinchi yarim yilligida Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi sessiyalarida mas’ul tashkilotlar rahbarlarining 47 ta hisoboti va 7 ta axboroti eshitilgan, Kengash tomonidan 60 ta qaror qabul qilingan.

🛣 Hudud infratuzilmasini yaxshilash doirasida tuman bo‘yicha 49 859,2 kv.m ichki yo‘l ta’mirlandi. 42-“Navqiron” okrugida ham “Xushnud”, “Mash’al”, “Olchazor”, “Gulshanobod”, “Marhamat”, “Yangi turmush”, “Navqiron”, “Yorqin hayot” va “Humo” mahallalaridagi qator ko‘chalarda yo‘l-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

🛗 “Mash’al” mahallasidagi 1, 7 va 9-uylarning 7 ta yo‘lagidagi liftlar, “Yorqin hayot” mahallasidagi 7-uyning 4 ta yo‘lagidagi liftlar yangisiga almashtirilib, foydalanishga topshirildi.

🔥 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida “Olchazor”, “Mash’al”, “Xushnud”, “Yangi turmush” va “Yorqin hayot” mahallalaridagi gaz taqsimlash punktlari yangilandi. Tuman bo‘yicha 216 ta GTP texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, 21,8 km gaz quvuri ta’mirlanib bo‘yaldi, 144,8 km yerosti gaz quvurlari tekshirildi.

🌳 “Yashil makon” loyihasi doirasida tumanda 2 746 dona daraxt va buta ko‘chatlari, 80 mingdan ortiq mavsumiy va ko‘p yillik gullar ekildi. Sanitariya va obodonlashtirish ishlari doirasida tuman markaziy ko‘chalaridagi 30 ming metr irrigatsiya tarmog‘i tozalandi, 1 100 ta ko‘p yillik daraxtga sanitariya shakli berildi, 985 ming kvadrat metr maydonda tozalash ishlari amalga oshirilib, 2 ming tonna chiqindi va 1 200 kub metr shox-shabba olib chiqildi.

💧 Sun’iy sug‘orish tizimlarini yaxshilash maqsadida Qipchoq ko‘chasi, Yo‘ldosh-16 mavzesi va Olchazor MFY hududida jami 15 ming kvadrat metr maydonda sug‘orish inshootlari barpo etildi. Shuningdek, Lutfikor, G-61, M.Tursunzoda, Sofdil, Qipchoq ko‘chalari hamda Oriyat va Yangihayot mahallalaridagi mavjud sug‘orish tizimlarida kapital ta’mirlash ishlari olib borildi.

✅ Deputat Zulfiya Mo‘minova saylovchilar bilan ochiq muloqotni davom ettirish, hududlardagi yo‘l, gaz, elektr, sug‘orish, obodonlashtirish va ijtimoiy masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularning ijrosini deputatlik nazoratida olib borish ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4