Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi mas'ul kotibi P. Rahmonov hamda tuman kengashi deputati D. Xojiev tomonidan "Pitnak Vohasi" MCHJ faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
🏭 O‘rganish davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, investitsiya loyihalari, yangi ish o‘rinlari, ishlab chiqarish jarayonlari hamda mehnatni muhofaza qilish va sanitariya talablariga rioya etilishi tahlil qilindi.
🤝 Yakunda korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosini ta'minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.