35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_nazorati Xo'ja MFYdagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holati o'rganildi
янв.21
#Chinoz tumani KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Hokim yordamchilari faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
✅ Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
✅ Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holat o'rganildi.
янв.21
#Chinoz_tumani
янв.21
#Chinoz_tumani
янв.21
#Chinoz_tumani DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI!
"Manguzar" mahallasida profilaktika inspektori faoliyati deputatlik nazoratida: Kriminogen vaziyat tahlili

hu munosabat bilan, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 17-“Surxon sohili” saylov okrugi deputati B.Raxmatullayev, Kengashning Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xolmuminov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar ishtirokida “Manguzar” mahallasiga navbatdagi tashrif amalga oshirildi.

💬Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – mahalla profilaktika inspektorining bugungi kundagi faoliyatini atroflicha o‘rganish, uning ish samaradorligini baholash hamda mahalla darajasida kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish jarayoni qonun hujjatlari asosida tuzilgan maxsus savolnomalar asosida profilaktika inspektori bilan suhbat tarzida olib borildi. Suhbat davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
• Kriminogen vaziyat tahlili: Mahalladagi jinoyatchilik holati, sodir etilgan huquqbuzarliklar turlari va ularning sabablari, shuningdek, jinoyat profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar.
• Xavfsizlik choralari: Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish darajasi.
• Hamkorlik mexanizmlari: Mahalla faollari, ta’lim muassasalari, fuqarolar yig‘ini va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.
Mazkur nazorat-tahlil tadbiri O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–371-sonli Qonuni talablari doirasida o‘tkazildi. Deputatlar tomonidan profilaktika inspektorining faoliyatidagi ijobiy jihatlar e’tirof etilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Xususan, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va qonunbuzarliklarning oldini olish, “Temir daftar” va “Ayollar daftari” bilan ishlashda profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Yakunda, mahalla tinchligini ta’minlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va aholi o‘rtasida huquqiy ongni oshirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishib olindi. Bunday o‘rganishlar jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida deputatlik nazoratining muhim ahamiyatini ko‘rsatadi.