Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
Sessiyadan oldin o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 MAHALLADA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH VA EHTIYOJMAND OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
янв.21
📌 Chinoz tumanida barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Chinoz tumanida ochiq muloqot: Aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda.
янв.21
Sutbuloq mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi
Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari deputatlar muhokamasida

Sessiyada Termiz shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Dusmuratov tomonidan davlat aktivlarini xususiylashtirish, bo‘sh yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish hamda davlat ishtirokini iqtisodiyotda qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Deputatlar hisobotni muhokama qilar ekan, elektron savdolarning shaffofligini ta’minlash, davlat mulkidan samarali foydalanish, investitsiyalarni keng jalb etish hamda xususiylashtirish jarayonlarining natijadorligini oshirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Mas’ullarga Farmonda belgilangan ko‘rsatkichlarning to‘liq bajarilishi, savdo jarayonlarini jadallashtirish hamda har chorak yakunida Kengashga hisobot taqdim etib borish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

✅ Muhokamalar yakunida mazkur masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.