35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_nazorati Xo'ja MFYdagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holati o'rganildi
янв.21
#Chinoz tumani KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Hokim yordamchilari faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
✅ Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
✅ Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holat o'rganildi.
янв.21
#Chinoz_tumani
янв.21
#Chinoz_tumani
янв.21
#Chinoz_tumani DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI!
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Qo‘qon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisobotini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.

Hisobotni Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari B.Mamajonov taqdim etib, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat tartibini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berdi.

Hisobotda, xususan:
mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar;
videokuzatuv tizimlarini kengaytirish va "Xavfsiz mahalla" tamoyili asosida olib borilgan ishlar;
profilaktika inspektorlari, "mahalla yettiligi" hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan olib borilgan tizimli hamkorlik;
⚖korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlaridagi natijalar atroflicha yoritildi.

Muhokamalar davomida komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan savollar berilib, huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini yanada oshirish, yoshlar o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, videokuzatuv tizimlarini kengaytirish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida taqdim etilgan hisobot yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3