35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI!
янв.21
#Chinoz_tumani Nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
📢 DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI!
янв.21
📚 Markaziy kutubxona faoliyati o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi.
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish Mahalladagi soliq inspektori faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
Deputat so‘rovi yuborildi

O‘rganishlar davomida "Bahor" mahallasi hududidagi Ali Qushchi ko‘chasidan o‘tuvchi Abu Bakr Roziy ko‘chasida, 27-sonli ko‘p qavatli uy yaqinida jamoat transporti bekati mavjud emasligi aniqlandi. Natijada ushbu hudud aholisi, ayniqsa, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar hamda o‘quvchi-yoshlar uchun jamoat transportidan foydalanishda qator noqulayliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Deputat so‘rovida mazkur hududda jamoat transporti bekatini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqish, aholining xavfsiz va qulay jamoat transportidan foydalanishini ta’minlash yuzasidan zarur amaliy choralarni ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, mazkur masala yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar va ko‘rilgan choralar haqida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Fuqarolar uchun qulay va xavfsiz jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi