Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 AHILLIK MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
NAFIS MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Biriktirilgan_tashkilot_bilan_hamkorlik YOSHLAR SIYOSATINI SAMARALI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
💰 “INFRA TUZILMA VA IJTIMOIY BARQARORLIK” JAMG‘ARMASI MABLAG‘LARIDAN MAQSADLI FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 TUMAN MARKAZIDAGI BUNYODKORLIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
EKSPERT GURUHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_nazorati #Muammo_deputat_nazoratida 📌 DEPUTAT NAZORATI 🏘 AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi
янв.21
#24_ta_masala #5_band_ijrosi #Deputat_nazorati 🏛 ISTIQLOL MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
#Chinoz_tumani Nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi


📝 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga "Adolat" SDP partiyasidan 23-Ko'rik saylov okrugidan saylangan deputat Abdumalik Aliyev hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi I.Ma'murov bilan birgalikda tumandagi Nafis MFY hududida joylashgan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va yengilliklarning amaldagi holati hamda ularning to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝 O‘rganish jarayonida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, davlat tomonidan ajratilayotgan imtiyozlardan foydalanish darajasi hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashildi.

📋 O‘rganish yakunida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ul xodimlari bilan muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, ularga berilayotgan imtiyoz va yengilliklarning amaldagi holati muhokama qilindi.

💬 Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, davlat tomonidan belgilangan imtiyozlarning to‘liq va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3