35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI!
янв.21
#Chinoz_tumani Nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
📢 DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI!
янв.21
📚 Markaziy kutubxona faoliyati o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi.
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish Mahalladagi soliq inspektori faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
📢 DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI!


O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, 2-Xamza saylov okrugi bo‘yicha saylangan deputat Baxromov Asqar Axrorovich 2026-yilning II choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilar oldida o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.

🤝 Uchrashuvda:

🔹 Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan vakil A.Kadirov;
🔹 tuman hokimligi Ijro apparati rahbari D. Qodirov;
🔹 "Mahalla yettiligi" a'zolari;
🔹 tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari;
🔹 "Xamza" mahalla fuqarolari ishtirok etdilar.

🗣 Yig‘ilishni Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi vakili A. Kadirov ochib berdi.
U o‘z so‘zida:

✅ mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar;
✅ aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qonunlar, Prezident Farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati;
✅ "Kuchli Kengash, tashabbuskor va hisobdor hokim" tamoyili asosida vakillik organlari hamda ijro hokimiyatining hamkorlikdagi faoliyati haqida batafsil ma'lumot berdi.

📊 Shuningdek,
🔸 tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi;
🔸 aholi muammolarini hal etishda deputatlarning o‘rni;
🔸 Kengash qarorlari asosida tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar;
🔸 "Og‘ir toifadagi mahallalar" hamda "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar"da olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan ham ma'lumot berildi.

👤 Deputat A.Baxromovning axborotida quydagilar o'z aksini topgan:

📌 tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ijrosini taʼminlash;
📌 Mansabdor shaxslarning hisoboti va axborotlari eshitilganligi;
📌 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik soʻrovlari;
📌 fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar;
📌 ularni ijobiy hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
📌 yuborilgan deputatlik so‘rovlari;
📌 erishilgan natijalar;
📌 hamda kelgusidagi ustuvor rejalari haqida saylovchilarga batafsil ma'lumot berdi.

💬 Yig‘ilishning ikkinchi masalasi yuzasidan tuman hokimligi Ijro apparati rahbari D. Qodirov so‘zga chiqib, xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda saylovchilar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

🤝 Tadbir davomida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berildi hamda bildirilgan takliflar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Slide 1 of 4