Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 9-Yo‘ltushgan saylov okrugidan saylangan deputat Sh. Botirov nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Dilnoza Ulug‘bekova Kengashning ish rejasiga muvofiq, tumandagi "Yo‘ltushgan" mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, muammolarini aniqlash va hal etish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha xotin-qizlar bilan ishlash tizimida ayrim kamchiliklar mavjudligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi