O‘rganish jarayonida tumanning Chinmasjid hududida faoliyat yuritayotgan, rossiyalik investorlar tomonidan tashkil etilgan “Time Terra” MCHJ XK korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur loyiha doirasida noruda materiallarini qazib olish hamda temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, yaratilayotgan ish o‘rinlari va hudud iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining hudud infratuzilmasini rivojlantirish, bandlikni ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.