Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Партияға 35 жыл — 35 жаңа ағза»
янв.21
Deputat máhállede jańa kanalizaciya qubırların tartıw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat aymaqta jańadan ashılıp atırǵan jer maydanları menen tanıstı
янв.21
Deputat máhállede piyadalar jolı qurılısı menen tanıstı
янв.21
Deputat kóp qabatlı turaq jaylarda shıǵındılardı alıp shıǵıw jaǵdayı menen tanıstı
янв.21
Deputat kóp qabatlı turaq jaylar aymaǵında balalar maydanshası qurılıs jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat veterinariya hám sharwashılıq bólimi laboratoriyasındaǵı úskeneler menen tanıstı
янв.21
Deputat aymaqta jańa kanalizaciya qubırların tartıw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat hám "Madad" MKSh menen birgelikte veterinariya hám sharwashılıq bóliminde ushırasıw ótkerildi
янв.21
Deputat fermer xojalıǵında paxta terimshileri menen ushırastı.....
BOG‘OBOD VA BOG‘ISTON MAHALLALARIDA ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI

#24_ta_tavsiyaviy_savol #deputatlik_nazorati_Uchtepa

BOG‘OBOD VA BOG‘ISTON MAHALLALARIDA ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "18-Bog‘iston" saylov okrugi deputati Anvar Usmanov tomonidan Bog‘obod va Bog‘iston mahallalarida ichki yo‘llarning holati hamda ta’mirlash ishlari ijrosi o‘rganildi.

📁 O‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasi hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 14-avgustdagi III-32-71-14-202-K/26-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish doirasida amalga oshirildi.

📊 Mazkur qarorga muvofiq, mahallalarda ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi ko‘rib chiqilib, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ta’mirtalab hududlar o‘rganilgan. Aniqlangan manzillarning umumiy maydoni 2 100 kvadrat metrni tashkil etib, ushbu hududlarni joriy ta’mirlash uchun asfalt xarid qilish xarajatlariga 132 000 000 so‘m mablag‘ yo‘naltirish belgilangan. Mablag‘lar 2026-yilning I choragida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan mablag‘lar, jumladan, bino osti yerlarini xususiylashtirishdan tushumlar hisobidan ajratilishi nazarda tutilgan.

🕯 O‘rganish davomida tuman elektr tarmoqlari tomonidan 80 dan ziyod kabel tortilgani, biroq ayrim joylarda ishlar yakunlangach, asfalt qoplamasi qayta yotqizilmagani yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilgani ham inobatga olindi. Mazkur dalolatnoma asosida Bog‘obod va Bog‘iston mahallalarida ichki yo‘llarni tiklash hamda tegishli qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Ushbu chora-tadbirlar yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda mahallalarda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5