#24_ta_masala
🔵 Deputat nazorati: 32-sonli umumta’lim maktabining sport zali o‘rganildi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 20-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputati O. Qulliyeva tomonidan 32-sonli umumta’lim maktabining sport zalidagi mavjud sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida sport zalining holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.