Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede jańa kanalizaciya qubırların tartıw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat aymaqta jańadan ashılıp atırǵan jer maydanları menen tanıstı
янв.21
Deputat máhállede piyadalar jolı qurılısı menen tanıstı
янв.21
Deputat kóp qabatlı turaq jaylarda shıǵındılardı alıp shıǵıw jaǵdayı menen tanıstı
янв.21
Deputat kóp qabatlı turaq jaylar aymaǵında balalar maydanshası qurılıs jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat veterinariya hám sharwashılıq bólimi laboratoriyasındaǵı úskeneler menen tanıstı
янв.21
Deputat aymaqta jańa kanalizaciya qubırların tartıw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat hám "Madad" MKSh menen birgelikte veterinariya hám sharwashılıq bóliminde ushırasıw ótkerildi
янв.21
Deputat fermer xojalıǵında paxta terimshileri menen ushırastı.....
янв.21
ShÍMBAYDA ÓZBEKSTAN XALÍQ DEMOKRATIYaLÍQ PARTIYaSÍNÍŃ 35 JÍLLÍǴÍ SALTANATLÍ TÚRDE BAYRAMLANDÍ
O‘quvchi-yoshlarni kasbga o‘qitish jarayoni bilan tanishildi

O‘quvchi-yoshlarni kasbga o‘qitish jarayoni bilan tanishildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi M. Abdulmajidov tomonidan Namangan shahar 3-son texnikumida o‘quvchi-yoshlarni kasbga o‘qitish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida o‘quvchilarning dars jarayonidagi ishtiroki, kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallashi, zamonaviy o‘quv jihozlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda ta’lim jarayonining amaliyot bilan uyg‘unligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish, ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish va kelgusida munosib bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur jarayon Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalar hamda Kengashning
162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti asosida amalga oshirildi. Jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr talablariga muvofiq professional ta’limda o‘quvchilarning tanlagan kasb va mutaxassislikni egallashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga e’tibor qaratildi. Qonunning 10-moddasida texnikumlarda o‘rta maxsus professional ta’lim kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshirilishi belgilangan.

O‘rganish yakunida o‘quvchi-yoshlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, zamonaviy kasblarga qiziqishini oshirish hamda kelgusida bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan takliflar belgilab olindi.

 

Slide 1 of 3