Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede jańa kanalizaciya qubırların tartıw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat aymaqta jańadan ashılıp atırǵan jer maydanları menen tanıstı
янв.21
Deputat máhállede piyadalar jolı qurılısı menen tanıstı
янв.21
Deputat kóp qabatlı turaq jaylarda shıǵındılardı alıp shıǵıw jaǵdayı menen tanıstı
янв.21
Deputat kóp qabatlı turaq jaylar aymaǵında balalar maydanshası qurılıs jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat aymaqta jańa kanalizaciya qubırların tartıw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat veterinariya hám sharwashılıq bólimi laboratoriyasındaǵı úskeneler menen tanıstı
янв.21
Deputat hám "Madad" MKSh menen birgelikte veterinariya hám sharwashılıq bóliminde ushırasıw ótkerildi
янв.21
Deputat fermer xojalıǵında paxta terimshileri menen ushırastı.....
янв.21
ShÍMBAYDA ÓZBEKSTAN XALÍQ DEMOKRATIYaLÍQ PARTIYaSÍNÍŃ 35 JÍLLÍǴÍ SALTANATLÍ TÚRDE BAYRAMLANDÍ
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Rasulova tomonidan “Tug‘onboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning ijtimoiy holati, kundalik hayotida uchrayotgan muammolar va mavjud ehtiyojlari yuzasidan suhbatlashildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni tegishli tartibda o‘rganish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.

Jumladan, Parpashabof ko‘chasi, 224-uyda istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro M.Bahodirova bilan suhbat o‘tkazilib, uning yashash sharoiti, ijtimoiy ehtiyojlari va unga ko‘rsatilayotgan yordamlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqaroga muntazam ravishda ijtimoiy yordam ko‘rsatib kelinayotgani aniqlandi. Shu bilan birga, uning mavjud ehtiyojlari tinglanib, ijtimoiy ko‘makni davom ettirish hamda zarur hollarda qo‘shimcha yordam choralarini ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan fuqaroning ijtimoiy holatini kelgusida ham nazorat qilib borish, zarur yordam va ko‘mak bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3