Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Партияға 35 жыл — 35 жаңа ағза»
янв.21
Deputat máhállede jańa kanalizaciya qubırların tartıw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat aymaqta jańadan ashılıp atırǵan jer maydanları menen tanıstı
янв.21
Deputat máhállede piyadalar jolı qurılısı menen tanıstı
янв.21
Deputat kóp qabatlı turaq jaylarda shıǵındılardı alıp shıǵıw jaǵdayı menen tanıstı
янв.21
Deputat kóp qabatlı turaq jaylar aymaǵında balalar maydanshası qurılıs jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat veterinariya hám sharwashılıq bólimi laboratoriyasındaǵı úskeneler menen tanıstı
янв.21
Deputat aymaqta jańa kanalizaciya qubırların tartıw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat hám "Madad" MKSh menen birgelikte veterinariya hám sharwashılıq bóliminde ushırasıw ótkerildi
янв.21
Deputat fermer xojalıǵında paxta terimshileri menen ushırastı.....
TIBBIYOTDA INSON QADRI: SIFATLI XIZMAT VA MALAKALI KADRLAR – BARCHA UCHUN TENG IMKONIYOT

✔️O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Yusupova Gulshod Charshambayevnaning DEPUTATLIK MUNOSABATI

✔️Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi doirasida yangidan tashkil etilgan Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishuvi barchamizni, ayniqsa, el salomatligi va ijtimoiy himoyasini oliy maqsad deb biluvchi Xalq demokratik partiyasi faollarini cheksiz quvontirdi.

✔️O‘z. XDPning dasturiy maqsadlarida har bir fuqaro uchun, u qayerda yashashidan qat’iy nazar, sifatli yuqori va zamonaviy tibbiy xizmatning olishiga teng imkoniyatlar yaratilishi ustuvor vazifa qilib belgilangan. Prezidentimizning 2024-yil 24-dekabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, 154 milliard soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan ushbu innovatsion tibbiyot klasteri aynan ana shunday ezgu g‘oyalarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

✔️Mazkur akademiyaning tashkil etilishi quyidagi muhim ijtimoiy yo‘nalishlar bilan uzviy bog‘liqdir:

1️⃣ Tibbiyot xodimlari va oʻrta tibbiyot personalining malakasini oshirish:
Partiyamiz nafaqat shifokorlar, balki o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining (hamshiralar, laborantlar, farmatsevtlar) ijtimoiy maqomini oshirish va ularning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirishni doim qo‘llab-quvvatlaydi. Akademiyada yiliga 3 ming nafar shifokor hamda 6 ming 800 nafar oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi malaka oshirishi, shuningdek, Orolboʻyidan 100 nafarga yaqin klinik ordinator tayyorlanishi hududdagi tibbiy xizmat sifatini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi.

2️⃣ Chekka hududlar vakillari uchun ijtimoiy sharoitlar:
Uzoq tumanlardan kelib tahsil oladigan mutaxassislar uchun 72 oʻrinli zamonaviy mehmonxona va zarur maishiy sharoitlarning yaratilgani ijtimoiy adolat tamoyiliga to‘la mos keladi. Bu Amudaryo kabi uzoqroq tumanlardan boradigan tibbiyot xodimlarining ham hech qanday qiyinchiliklarsiz malaka oshirishiga imkon beradi.

3️⃣ Yuqori texnologiya va xalqaro standartlar:
18 ta simulyatsion xona, Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan “Edge Medical” jarrohlik roboti va AQSh hamda Germaniyaning yetakchi universitetlari (Pittsburg, Frayburg) bilan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik – qishloq va tuman tibbiyotiga eng ilg‘or raqamli texnologiyalar va telemeditsina kirib kelishini ta'minlaydi.

➕Bu amaliyot Amudaryo tumanidagi tibbiyot muassasalari, qishloq oilaviy shifokorlik punktlari va tuman markaziy shifoxonasida mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarimizning ham o‘z bilim va ko‘nikmalarini zamonaviy standartlar asosida boyitishiga xizmat qiladi. Natijada Amudaryolik fuqarolarimiz murakkab tibbiy amaliyotlar yoki malakali maslahatlar uchun uzoqqa bormay, o‘z tumanimizning o‘zida sifatli va tezkor tibbiy yordam olish imkoniga ega bo‘ladilar.

➕Biz, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik korpusi vakillari, joylarda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalarida yaratilgan sharoitlar ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda soha xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘lida bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etamiz.

Gulshod YUSUPOVA,
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati