Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLAR MASALALARI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Imamov Sanjarali To‘lqinovich Tirsakobod MFYda mahalla faollari va yoshlar bilan uchrashuv tashkil etdi.

Uchrashuvda mahallada yoshlar bilan ishlash holati, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijadorligi hamda yoshlarning bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muloqot davomida yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar, kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda yoshlarni mahalla hayotiga faol jalb etish yuzasidan fikr almashildi.


Shuningdek, yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligini oshirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni foydali tashabbuslarga keng jalb qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarga deputat tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur muloqot yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning ehtiyoj va takliflarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilashga qaratildi.

Slide 1 of 4