Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUNIY TADBIRKORLIK — BARQAROR TARAQQIYOT ASOSI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH - MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR TADBIRKORLIGI HAMDA DUAL TA’LIM MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI
янв.21
BOLAJONLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
MUAMMOLAR “DEPUTAT DАFTARI”GA QAYD ETILDI
янв.21
BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
янв.21
“BEK-TO‘PI” MAHALLASIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MEHNAT YARMARKASI: DEPUTAT ISHTIROKIDA AHOLI BANDLIGIGA KO‘MAK
YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Tadjieva Muhabbat Haydaraliyevna tomonidan saylov okrugida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish va mavjud masalalarga yechim topish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Unda tuman hokimligi bo‘limlari mas’ullari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni ish bilan ta’minlash, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan masalalarni hal etishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashildi.

Deputat yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandlik masalalariga amaliy yechim topish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda davlat tashkilotlari va mahalla hamkorligining muhimligini ta’kidladi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va bandlikka oid masalalarni hal etish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4