#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Shoxzoda Kurbanova tomonidan “Alpomish” mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, ularni ko‘rib chiqish tartibi hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning hal etilishi o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholidan kelib tushgan ariza, taklif va shikoyatlarning o‘z vaqtida qabul qilinishi, belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi hamda ularning ijrosi ustidan olib borilayotgan nazorat masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolarga o‘z vaqtida asoslantirilgan javoblar berish va murojaatlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.