Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YUNUSOBOD TUMANIDA INVESTITSIYA, EKSPORT VA XALQARO HAMKORLIK YO‘NALISHLARIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

2026-yil davomida tumanda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📊Yanvar–iyul oylarida 28 ta loyiha ishga tushirilib, 1 270 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Yil yakuniga qadar yana 35 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish va 1 830 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

🌍2026-yilda eksport hajmini 371,2 mln AQSh dollariga yetkazish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda eksportyor korxonalar sonini oshirish vazifalari belgilangan.

⚖️Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining 2026-yil 20-oktabrdagi III-26-85-14-206-K/26-son qarori qabul qilingan.

✅Qarorda investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilangan.