Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YUNUSOBOD TUMANI SUV TARMOQLARINING 2026-YIL 9 OYLIK FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining 2026-yil 20-oktabrdagi III-26-83-14-206-K/26-son qarori bilan Yunusobod tumani Suv tarmoqlari bo‘limining 2026-yil 9 oyidagi faoliyati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilindi.

💧Tumanda 544,8 km ichimlik suvi tarmog‘i, 4 461 ta suv qudug‘i va 5 073 ta yopqich mavjud.

🔧Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 1 850 pogon metr eskirgan ichimlik suvi quvurlari yangisiga almashtirildi, nosoz gidrantlar va yopqichlar ta’mirlandi.

📞Aholidan ichimlik suvi tarmoqlari bo‘yicha kelib tushgan 787 ta murojaatning barchasi tezkorlik bilan ijobiy hal etildi.

✅Qaror bilan aholiga sifatli va uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berish, avariya va nosozliklarni tezkor bartaraf etish, suv tarmoqlarining texnik holatini nazorat qilish hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilandi.