Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadida BHM bo‘limi boshlig‘i Ismailov Kozim Bahramovich hamda Xalq deputatlari Kengashi Raisi, deputati Yusupov R. hamkorligida sayyor qabul o‘tkazildi.
📝Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
⚖️Sayyor qabul fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning muhim shakli bo‘lib, bu jarayon “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida amalga oshirildi.
🤝Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda hal etish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.