Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH - MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR TADBIRKORLIGI HAMDA DUAL TA’LIM MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI
янв.21
BOLAJONLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
MUAMMOLAR “DEPUTAT DАFTARI”GA QAYD ETILDI
янв.21
BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
янв.21
“BEK-TO‘PI” MAHALLASIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MEHNAT YARMARKASI: DEPUTAT ISHTIROKIDA AHOLI BANDLIGIGA KO‘MAK
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ARIQLARNI QAYTA TIKLASH MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
89-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR TADBIRKORLIGI HAMDA DUAL TA’LIM MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tadjiyeva Muhabbat Haydaraliyevna mahallada xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning bandligini ta’minlash hamda kasbiy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar va yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mustaqil biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati va uning yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Dual ta’lim tizimi ta’lim jarayonini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, yoshlarning tanlagan kasbi bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni egallashi, ishlab chiqarish jarayonida tajriba orttirishi hamda kelgusida mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi. Shu nuqtayi nazardan, yoshlarni dual ta’limga jalb etish, ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Deputat o‘rganish davomida xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning kasbiy salohiyatini oshirish, mavjud ta’lim va bandlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.


Slide 1 of 5