Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏢 AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘P QAVATLI UYLARDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA KRIMINOGEN VAZIYATNI YAXSHILASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“FUQAROLAR TASHABBUSI JAMG‘ARMASI”NI MOLIYALASHTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
“ERTA ARALASHUV” XIZMATINI TASHKIL ETISH MASALASI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MAHALLIY BUDJET IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
SHUKRONALIK — TINCHLIK VA FAROVONLIK QADRI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
“Farxod” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi

Kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish — jamoat xavfsizligini ta’minlashning ustuvor vazifalaridan.

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda kotibiyat bosh mutaxasissi R.Mamashukurovlar “Farxod” mahallasida bo‘lib, hududda jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.
O‘rganish davomida Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash hamda jinoyat sodir etilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlarning mahalla miqyosidagi ijrosiga e’tibor qaratildi.

Xususan, “ Farxod ” mahallasida jamoat tartibini saqlash, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash, oilaviy-maishiy nizolarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, huquqbuzarliklarga imkon berayotgan ijtimoiy va maishiy omillarni aniqlash, profilaktika inspektorining “mahalla yettiligi” hamda boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorligini kuchaytirish, xizmat faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligiga oid navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida tashkil etildi. Uning natijalari hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, profilaktik tadbirlar samaradorligini baholash va mas’ul tashkilotlar oldidagi vazifalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Asosiy maqsad — jinoyat sodir etilgandan keyin uning oqibatlari bilan kurashish emas, balki jinoyatga sabab bo‘luvchi omillarni oldindan aniqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va har bir mahallada xavfsiz muhitni ta’minlashdir.