Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH - MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR TADBIRKORLIGI HAMDA DUAL TA’LIM MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI
янв.21
BOLAJONLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
MUAMMOLAR “DEPUTAT DАFTARI”GA QAYD ETILDI
янв.21
BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
янв.21
“BEK-TO‘PI” MAHALLASIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MEHNAT YARMARKASI: DEPUTAT ISHTIROKIDA AHOLI BANDLIGIGA KO‘MAK
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ARIQLARNI QAYTA TIKLASH MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
603-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #ekspert_guruhlari

603-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

🤔 Aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy soha obyektlarida munosib sharoit yaratish hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida ta’lim muassasalarining isitish tizimlari va mavjud infratuzilmasi holatini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.

🇺🇿 Shu maqsadda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "14-O‘rikzor" saylov okrugi deputati Abdurashid Abdushukurov, Kengash kotibiyati mudiri A.Usmanov, ekspert guruhi a'zosi A.Giyasov hamda tegishli soha mutaxassislari ishtirokida O‘rikzor mahallasida joylashgan 603-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔴 O‘rganish davomida muassasaning statsionar qozonxonasi, isitish uskunalari va ularning texnik holati ko‘zdan kechirildi. Qozonxonada isitish uchun mo‘ljallangan ikkita IDEA rusumli qozon hamda bitta Ariston rusumli isitish moslamasi mavjudligi va shay holatda turgani aniqlandi. Shuningdek, muassasaning 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan rasmiylashtirilgan dalolatnomalar ko‘rib chiqildi.

📈 O‘rganish jarayonida kuz-qish mavsumida isitish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash, mavjud uskunalardan samarali foydalanish va tarbiyalanuvchilar uchun qulay harorat sharoitini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi. Chunki maktabgacha ta’lim tashkilotlarida issiqlik ta’minotining barqarorligi bolalarning salomatligi, xavfsizligi va ta’lim-tarbiya jarayonining me’yorida davom etishida muhim o‘rin tutadi.

🕯 Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish ijtimoiy soha obyektlarining barqaror faoliyat yuritishiga xizmat qiladi. Shu bois, muassasadagi isitish tizimi va boshqa muhim infratuzilma obyektlarining holatini nazorat qilish hamda mavsum davomida zarur sharoitlarni ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozim.

Slide 1 of 3