Tumanda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish holati o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son qarori bilan belgilangan vazifalarning tumanda ijro etilishi holatini deputatlik nazorati tartibida o‘rganish belgilandi.
📌 Shu munosabat bilan doimiy komissiya raisi Dusmuratov Nodir Nuriddinovich tomonidan Pastdarg‘om tumani hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi S. Xurramovga rasmiy xat yuborildi.
📊 So‘ralgan axborotda tumanda:
🔹 raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 aholi punktlarida internet va mobil aloqa qamrovi;
🔹 internet tezligi va sifati bilan bog‘liq muammolar hamda murojaatlar;
🔹 optik tolali aloqa tarmoqlarini kengaytirish;
🔹 olis va chekka hududlarni sifatli internet va aloqa xizmatlari bilan ta’minlash;
🔹 davlat organlari va tashkilotlarida elektron hujjat aylanishi hamda axborot tizimlaridan foydalanish;
🔹 elektron va raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
🔹 aholining raqamli savodxonligini oshirish borasidagi ishlar haqida aniq raqam va ko‘rsatkichlar asosida ma’lumot taqdim etilishi so‘raldi.
📅 Shuningdek, mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish muddatlari ko‘rsatilgan holda tahliliy axborot taqdim etish belgilandi.
📋 Mazkur ma’lumotlar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinib, 318-son qaror talablarining tumanda ijro etilishi holati yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirishda foydalaniladi.
🤝 Raqamli infratuzilmani rivojlantirish, aholining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va raqamli xizmatlar sifatini yaxshilash masalalari deputatlik nazoratida.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️