Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Saylovchilar bilan uchrashuv: muammolar va takliflar o‘rganildi

 Saylovchilar bilan uchrashuv: muammolar va takliflar o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan 8-sonli Toz saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar, mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Deputat tomonidan fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan batafsil tushuntirish va javoblar berildi.
🔎 Shuningdek, ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etishning mavjud imkoniyatlari va yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar belgilab olinib, ularning ijrosini ta’minlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish vazifalari belgilandi.
📌 Deputat va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqot fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda hududdagi muammolarni manzilli hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3