TO‘QBOY MAHALLASIDA ICHKI YO‘LLAR ASFALTLANDI
🏘 Pastdarg‘om tumanida aholi uchun qulay va munosib sharoitlar yaratish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-25-40-7-101-K/26-sonli qarori asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida mahallalardagi ichki yo‘llarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
🛣 Jumladan, To‘qboy mahallasida ichki yo‘llarning qariyb 1 kilometr qismiga asfalt yotqizildi.
👷 Mazkur ishlar tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilib, loyiha doirasidagi ishlar yakunlandi.
✨ Endilikda To‘qboy mahallasi aholisi uchun yanada ravon, qulay va xavfsiz yo‘l sharoiti yaratildi.
📍 Obod mahalla — farovon hayot!