Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mang‘itobod mahallasida oilalar holati o‘rganildi

 Mang‘itobod mahallasida oilalar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N.Dusmurodov tuman Kengashi kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Mang‘itobod mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
📋 O‘rganish davomida ro‘yxatga kiritilgan oilalarning mavjud muammolari, ijtimoiy sharoiti, bandlik holati, daromad manbalari hamda ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi.
🤝 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va ularning turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
📌 Deputatlik o‘rganishlarining asosiy maqsadi — aholi muammolarini joyiga chiqqan holda aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashdan iborat. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️