Fuqarolar murojaati bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Kengash deputati X. Turdiyev tomonidan Sinchi mahallasidagi 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish olib borildi.
📚 O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar ko‘rib chiqilib, maktabdagi mavjud muammolar va ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
🔎 Maktab binosining holatini yaxshilash, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish masalasi yuzasidan tegishli mas’ullar bilan amaliy muloqot o‘tkazildi.
📌 Shuningdek, 40-sonli maktabni 2027-yilda ta’mirlash bo‘yicha davlat dasturiga kiritish masalasi yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, bu borada tegishli tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha kelishib olindi.
🤝 Deputatlik nazorati doirasida fuqarolar murojaatlarining amaliy yechimini ta’minlash, ta’lim muassasalaridagi sharoitlarni yaxshilash hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.