Sessiyaga kiritilgan masala hududlarda o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Qilichov tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.
✅O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, Pastdarg‘om tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun yakuniy manzilli ro‘yxatdagi obyektlarning holati ko‘zdan kechirildi.
💎 Yo‘llarning amaldagi holati;
💎 belgilangan manzillar bo‘yicha ishlarning bajarilish darajasi;
💎 saqlash va joriy ta’mirlash ishlarining sifati;
💎 mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari o‘rganildi.
✅ O‘rganish yakunlari asosida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, sessiyada masalani muhokama qilishda tegishli taklif va xulosalar inobatga olinishi belgilandi.
🌐 Maqsad — ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlashga yo‘naltirilgan mablag‘larning samarali sarflanishini ta’minlash, yo‘l infratuzilmasidagi muammolarni aniqlash hamda ularning amaliy yechimlarini belgilash.