#Doimiy_komissiya_faoliyati
#DK_qaror
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA QAROR QABUL QILINDI
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishida tumanda yoshlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Mas’ullarga yoshlar muammolarini manzilli hal etish, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, mazkur masalani Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|