Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT “YANGI O’ZBEKISTON” QIYOFASIGA TUSHAYOTGAN TOSHLOQ MAHALLASIDAGI QURILISH ISHLARI BILAN TANISHDI.

DEPUTAT “YANGI O’ZBEKISTON” QIYOFASIGA TUSHAYOTGAN TOSHLOQ MAHALLASIDAGI QURILISH ISHLARI BILAN TANISHDI.

Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 8-Muborak saylov okrugi deputati N.Dedaxanova tomonidan “Yangi O‘zbekiston” qiyofasiga tushayotgan Toshloq mahallasi binosida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida binoning qurilish jarayoni, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda zamonaviy talablar asosida jihozlash ishlarining borishi bilan tanishildi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar sifati va belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashildi.
Kotibiyat mudiri N.Deadaxanova tomonidan qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, mahalla aholisi uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1