#Paxtakor_tumani_kengashi
#162_ta_qonun_ijrosi #deputat_nazorati
BANKLAR FAOLIYATI QONUN IJROSI NUQTAI NAZARIDAN O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Z.Jumaboyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida bank faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligi, mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda bank xizmatlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan masalalarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, qonun ijrosini ta’minlash, aholiga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.