Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Madraximov Ipakchi mahallasida bo‘lib, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ijtimoiy holati, mavjud muammolari va ehtiyojlarini o‘rgandi.
🔹 Oilalarning yashash sharoitlari o‘rganildi;
🔹 Mavjud muammolar va ehtiyojlar tinglandi;
🔹 Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi;
🔹 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
📌 Aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash va muammolarini manzilli hal etish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.