Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Madraximov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan Ipakchi mahalla fuqarolar yig‘inida kambag‘al oilalar bilan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹 Kambag‘al oilalar ro‘yxatidagi xonadonlar bilan ishlash bo‘yicha ishlab chiqilgan individual rejalar tahlil qilindi.
🔹 Oilalarning mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganilib, ularni hal etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🔹 Bandlikni ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi nazorat qilindi.
🔹 Aniqlangan muammolar yuzasidan ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.