#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
19¹-modda
🏫 DEPUTAT NAZORATI DAVOMIDA MUAMMO ANIQLANDI
📋 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida 20-“Mehrabod” saylov okrugidan saylangan deputat J.Qodirovning saylov okrugiga qarashli “Mehrabod” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-son qarori ijrosi hamda Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida yangidan qurib bitkazilgan 76-son umumta’lim maktabi holati ko‘zdan kechirildi.
⚠️ Deputat nazorati davomida maktab binosi qurib bitkazilgan bo‘lsa-da, zarur maktab jihozlari bilan to‘liq ta’minlanmagani sababli undan foydalanish ishlari kechikayotgani aniqlandi.
📌 Aniqlangan muammoni bartaraf etish, maktabni zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda ta’lim muassasasidan o‘z vaqtida va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.
✅ Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube