Baxmalda xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Baxmal tumanida investitsiya va xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish hamda yangi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati,tuman hokimi Aziz Ergashev Turkiya Respublikasining “NTS Global” konsalting, tekstil, ichki va tashqi savdo kompaniyasi vakillari bilan uchrashib, Baxmalda sanoat va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda mahalliy tadbirkorlarni sifatli sanoat uskunalari, ehtiyot qismlar va maxsus buyurtma asosida tayyorlanadigan detallar bilan ta’minlash masalasi ham muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi.