#24_ta_masala
#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
🏥 Bog‘ibod filialida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat O.Tursunov tomonidan 85-oilaviy poliklinikaga qarashli Bog‘ibod filialida deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
👨⚕️ O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar, shuningdek, mavjud imkoniyatlar va takliflar o‘rganildi.
🔎 Suhbat davomida tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, muassasaning moddiy-texnik holati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda sohada mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.
📋 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, tibbiyot xodimlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Deputatlik o‘rganishlarining asosiy maqsadi — aholi va soha xodimlarini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularning yechimini ta’minlash hamda amaliy natijaga erishishdir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube