Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mutalov Omonulla Nigmattullayevich o‘z saylov okrugidagi Ko‘rkam mahallasiga tashrif buyurib, mahalla raisi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda hududni obodonlashtirish va infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq holatlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla raisi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Deputat aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishga e’tibor qaratdi.
O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.