Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
So‘galli Ota ko‘chasidagi piyodalar yo‘lakchasi holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasida hudud obodonligi o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi ko‘pqavatli uylar liftlarining holati o‘rganildi
янв.21
Chilonzorda ko‘pqavatli uylarning yo‘laklari ta’mirlanmoqda
янв.21
Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
янв.21
Hududdagi sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
KO‘RKAM MAHALLASIDA AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA ULAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘RKAM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
32-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ikki muhim qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan qonun hujjatlari ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish komissiya raisi X.Abdurahmonov va komissiya a’zosi G‘.Madumarov ishtirokida 32-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazildi. Unda ta’lim tashkilotida bolalar xavfsizligini ta’minlash, axborot resurslaridan foydalanish hamda bolalarni turli xavf va tazyiqlardan himoya qilish borasidagi amaliy ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida, avvalo, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi O‘RQ-764-son “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosiga e’tibor qaratildi. Mazkur qonun kiber makonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, axborot tizimlari va resurslarining xavfsizligini ta’minlash, kiberhujumlarning oldini olish hamda axborotlarning himoyalanganligini ta’minlashga qaratilgan.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida foydalanilayotgan axborot texnologiyalari, mavjud elektron resurslar va ulardan foydalanish jarayonida axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishi masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, bolalar bilan bog‘liq ma’lumotlarning daxlsizligi, axborotlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va kiberxavflarning oldini olishga qaratilgan choralarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-996-son “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi ham atroflicha muhokama qilindi.

Komissiya a’zolari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlash, tarbiyalanuvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, ularga nisbatan har qanday zo‘ravonlik ko‘rinishlarining oldini olish bo‘yicha mas’ullarning vazifalari yuzasidan fikr almashildi.

Ayniqsa, qonunda belgilanganidek, bolaga nisbatan zo‘ravonlik faqat jismoniy ta’sir bilan cheklanmasligi, balki haqoratlash, tahdid qilish, kamsitish, bolaning asosiy ehtiyojlarini cheklash hamda internet va telekommunikatsiya vositalari orqali sodir etiladigan tazyiqlarni ham qamrab olishi ta’kidlandi.

Doimiy komissiya tomonidan ushbu yo‘nalishlarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, pedagog va tarbiyachilarning huquqiy bilimlarini oshirish, bolalar xavfsizligiga daxldor har qanday holatga befarq bo‘lmaslik hamda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhimligi qayd etildi.

O‘rganish yakunida qonun talablarining amalda ta’minlanishi, ayniqsa, bolalar manfaatlari va xavfsizligini himoya qilish masalalari doimiy deputatlik nazoratida bo‘lishi belgilandi.

Zero, qonun ijrosi faqat hujjatlar bilan emas, balki uning amaliyotdagi natijasi — bolaning xavfsizligi, huquqlari va manfaatlari qay darajada ta’minlangani bilan baholanadi.

Slide 1 of 4