Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN “TABIATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN O‘RGANILDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASINING QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
«Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi VMQ 4-son qarori ijrosi doimiy komissiya tominidan o'rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI QANOATLANTIRILDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ KATTA OLMAZOR MAHALLASIDA SPORT MAYDONI YANGILANMOQDA
янв.21
🌳 200 KV.M JOY BORMI? U YERDA 400 TAGACHA DARAXT VA BUTA PAYDO BO‘LISHI MUMKIN
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN “TABIATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya va sanoat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, №754-XII ijrosi va mazmun-mohiyati o‘rganildi.

Komissiya tomonidan mazkur qonunda belgilangan tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni asrash hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga oid asosiy talablar muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida hududdagi ekologik holat, yashil hududlarni saqlash va ko‘paytirish, obodonlashtirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Doimiy komissiya tomonidan mas’ul tashkilotlarning qonun talablarini amaliyotga tatbiq etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, hududning ekologik holatini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay va ekologik xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha Doimiy komissiyaning nazorat va tavsiya berish faoliyatini davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 2