Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
LUTFIY MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
2-Charx Kamolon mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismlari ta’mirlandi
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMI TA’MIRLANDI
янв.21
“Ko‘rkam” mahallasidagi maktabgacha ta’lim muassasasining holati o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
GULISTON MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMI TA’MIRLANDI
янв.21
DEPUTAT D. MAXMUDOVA TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
TUGATISH YOKI TO‘XTATISH...
янв.21
CHILONZORDA USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI TANTANALI NISHONLANDI
«Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi VMQ 4-son qarori ijrosi doimiy komissiya tominidan o'rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-sonli «Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini Chilonzor tumanida ta’minlash holatini o‘rganish maqsadida tegishli nazorat-tahlil ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya va sanoat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan amalga oshirildi.

O‘rganish davomida doimiy komissiya raisi Miryunusov Alisher Habibullayevich ,a’zosi Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasining faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jumladan, tumandagi hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini ta’minlash, umumiy foydalanishdagi hududlarni saqlash, obodonlashtirish ishlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish hamda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qarorda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.

O‘rganish natijalari asosida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar shakllantirilib, obodonlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, hududlarning sanitariya va obodonlik darajasini yanada yaxshilash hamda aholiga qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4