Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati G‘.Abdullayev Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, mahallaning mavjud muammolari va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi.