Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘roviga rasmiy javob
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan birgalikda saylangan okrugida o‘tkaziladigan uchrashuvlari davom etmoqda
янв.21
Bolalar xavfsizligi masalasi deputat e’tiborida
янв.21
Ayollar manfaatlari — davlat siyosati markazida!
янв.21
Bolalar xavfsizligi masalasi deputat e’tiborida
янв.21
Ayollar manfaatlari — davlat siyosati markazida
янв.21
Katta Olmazor mahallasida xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Chilonzor tumanida fuqaro murojaati yuzasidan deputatlik so‘rovi ijrosi ta’minlandi.
янв.21
8-Lutfiy okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” targ‘ibot aksiyasi amalga oshirilmoqda
Tuman Kengashi deputati mahallada sayyor qabul o‘tkazdi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan hududdagi Bog‘ishamol mahallasida sayyor qabul tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning muammo va takliflarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topishdan iborat bo‘ldi.

Sayyor qabulda tuman Kengasi deputati S.Bekmurodova, “mahalla ettiligi” ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida aholi tomonidan ichimlik suvi va elektr ta’minoti, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ko‘mak berish kabi qator masalalar ko‘tarildi.

Deputat har bir murojaatni batafsil tinglab, ayrim masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berdi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar esa tegishli tartibda nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha muddatlar belgilandi.

Slide 1 of 8